Kontenut tal-post
Vaqt har narsaning davosi, deyishadi. Xo‘sh, rostdan ham shundaymi? Ba’zi narsalarni faqat vaqtga havola qilishning o‘zi yetarlimi? Ehtimol, vaqtni davoga aylantiradigan narsa uni qanday boshqarishimizdir? Chunki xuddi shu vaqt oralig‘ida... Bir odam og‘riqdan qiynalsa, boshqasi shu og‘riqqa qaramay, yo‘lida davom etishi mumkin. Garchi ikkalasining ham sarflagan vaqti bir xil bo‘lsa-da, biri joyida depsinib turadi, ikkinchisi asta-sekin o‘zini qaytadan quradi. Biz insonmiz va, albatta, ba’zan to‘xtashimiz ham kerak. Nafas olishga, dam olishga va jim turishga ham ehtiyoj sezishimiz mumkin. Ammo o‘sha to‘xtashdan keyin vaqtdan qanday foydalanish butunlay bizning tanlovimizda. Vaqt oqib ketyapti. Nimaiki qilmaylik uni to'xtatib bo'lmaydi va to‘xtashi ham mumkin emas. Lekin bu, albatta, hamma narsani shoshilinch qilishimiz kerak, degani emas. Inson xotirjam va osoyishta bo‘lganda ham vaqt bilan uyg'unlikka erisha oladi. Inson o‘ziga in’om etilgan vaqt bilan o‘ziga achinishni ham, o‘zi bilan bellashishni ham, o‘zi bilan kurashishni ham, o‘zi bilan yarashishni, o‘zini kechirish, o‘zini tushunish va oldinga intilishni ham tanlashi mumkin. Insonning tanlovi nima bo‘lishidan qat’i nazar, vaqt bir lahza ham harakatdan to‘xtamaydi. Va qilingan tanlovlar vaqtning davo yoki zahar bo‘lishini belgilaydi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy