TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ODDIY HAYOT
ODDIY HAYOT avatar

TGINSIGHT POST

Post #73

@m_oddiy

ODDIY HAYOT

Viżjonijiet3,410Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatAww 1212/08/2025 13:02
Kontenut

Kontenut tal-post

Jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik va kambag‘allar kun sayin qashshoqlashib, boylar esa boyib borayotganini tanqid qilgan Megi, dastlab Monopoliya o‘yinining ikki xil turini bozorga chiqaradi. Birinchi o‘yinda barcha o‘yinchilar faqat boyib, o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilishadi, ikkinchi o‘yinda esa har bir o‘yinchi raqiblarini birin-ketin mag‘lub etishi kerak. Megi nafaqat iqtisodiy tengsizlikni, balki erkaklar hukmron bo'lgan tizimni ham tanqid qiladi. Chunki o‘sha davr sharoitida ayollar ko‘pincha erkaklar tomonidan past qaralardi. O‘yinni Megidan o‘g‘irlagan Charlz Darrou esa "Bu o‘yinni buyuk inqiroz davrida yaratdim" degan yolg‘on bilan bozorga chiqaradi. Ammo bu yolg‘on hikoya odamlarni ishontiradi va tez orada Monopoliya butun dunyoga mashhur o‘yinga aylanadi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy