TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ODDIY HAYOT
ODDIY HAYOT avatar

TGINSIGHT POST

Post #88

@m_oddiy

ODDIY HAYOT

Viżjonijiet10,500Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatSet 404/09/2025 11:30
Kontenut

Kontenut tal-post

O'qigandan keyin boshqa odamga aylantiradigan 18 ta jumla: Noto'g'ri poyezdda qanchalik ko'p qolsangiz, uyga qaytish shunchalik qimmatga tushadi. Sizni sevgan inson uchun kurashish ajoyib. Lekin bir inson sizni sevishi uchun kurashish vaqt yo'qotishdir. O'rganishni xohlamagan har bir darsing, o'rganmaguningcha qayta-qayta takrorlanaveradi. Har kuni xayolingni band qiladigan fikrni bee'tibor qoldirma, chunki u hayotingni o'zgartirishi mumkin. O'tmishing bilan hisoblashishda davom etaversang, kelajakni aslo o'zgartirolmaysan. Qabrlar hali vaqtim bor deb o'ylaydigan odamlar bilan to'la. Senga uloqtirilgan har bir toshni saqlab qo'y. Chunki qurishing kerak bo'lgan qal'alar bor. Sog'lig'ingda hech qanday muammo yo'qligi baxtdir. Haqiqiy potensialingni ishlatishdan tiyilishchalik qo'rqinchli narsa yo'q. Seni kasal qilgan muhitda aslo tuzala olmaysan. Qo'rquv o'limni emas, hayotni to'xtatadi. Mukammal shamolni kutgan kemalar aslo yo'lga chiqmaydi. O'zingni isloh qilish uchun ba'zan o'zing bilan kurashishing kerak bo'ladi. Maqsadingga yaqinlashyapsan. Shu sabab ishlar qiyinlasha boshladi. Tinchliksevar insonni urushga tushunmaydi deb o'ylash katta xatodir. Ba'zan nimaningdir qadrini, uni yo'qotgach his qilasan. Kim ekanligingni aytgan so'zlaring emas, qilgan ishlaring belgilaydi. #maromiylik#yangiruhuyat @m_oddiy