TGINSIGHT CHAT
Nodir kutub
@nodir_kutub
BooksNodir kitoblar, tarixiy hujjatlar va boshqa manbalar haqida maʼlumot beruvchi kanal. Iskandar Abdulbosit Madg‘oziyev (PhD) Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo‘lim mudiri Andijon DU o‘qituvchisi Murojaat uchun: @abuyunus3893
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 58 · 687 postijiet
Ippubblikat Apr 24
Majmuai ashʼori Bobur podshoh — Собрание стихотверений Императора Бабура Shaxsiy kutubxonamda saqlanuvchi Zahiriddin Muhammad Bobur sheʼrlarining 1917-yilda Petrograd (Sankt-Peterburg)da akademik A.N.Samoylovich tomonidan nashrga tayyorlanib chop etilgan nusxasi. Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 23
Фузайл Иёз қуддиса сирруҳу гуфтки: Агар дуои ман ба жаноби Қудс мартабаи қабул дошта бошад дар ҳаққи подшоҳон дуо мекардам. Ёдномаи камина Абдулъазим ба жаноби аморатпаноҳи Девонбеги салламаллоҳу таоло фид дорайн. Tarjimasi: «Fuzayl ibn Iyoz (Alloh uning sirini muqaddas qilsin) aytdiki: Agar mening duoim Janobi Quds (Alloh) huzurida qabul bo‘lish darajasiga ega bo‘lganida edi, men uni podshohlarning haqqiga duo qilish uchun ishlatardim». «Kamina Abdulazimning (bu) yodnomasi (esdaligi) ikki dunyoda Alloh taolo salomat qilgur amoratpanoh (amirlik tayanchi) Devonbegi janoblarigadir». Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 22
Sharq xattotlik sanʼati namunasi Nastaʼliq xati Xattot Abdulmuznab Samarqandiy qalami 1224-hijriy — 1809-milodiy sana Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 22
Sharq xattotlik sanʼati namunasi Nastaʼliq va shikasta xatlari Oqmuhammad xattot qalami 1194-hijriy — 1780-milodiy sana Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 18
Hazrat Navoiy kulliyoti Anchadan buyon hazrat Navoiy kulliyotlari orzumandi edim. Allohga hamd bo‘lsinki, bir oliyhimmat inson sababli ushbu muhtasham durdona xazinamdan joy oldi. Ana endi bemalol ulug‘ bobomiz asarlarini asliyatdan mutolaa qilish mumkin. Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 18
Shaxsiy kutubxona boyiganda... Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 17
Viktorboy hajvi Mavlono Muhyi Xo‘qandiy (1837— 1911) qalamiga mansub "Hajvi Bektur" asari qo‘lyozmasi Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 15
Amirlashkar Alimquli vafoti taʼrixi Taʼrixi vafoti Mullo Alimquli bahodir az tabʼi Pisandiy Tushumda ko‘rdim-u so‘rdum na bo‘ldi holing, ey g‘oziy? Dedi: O‘ldum, butun bo‘ldum jahon tashvishidin "forig‘". 1281 sanayi hijriy Shahri Xo‘qand Xattot mavlono Charxiy Xo‘qandiy P. S. "Forig‘" taʼrix moddasi abjad hisobida 1281 ga teng. Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 14
Andijon do‘ppi bozori XX asr boshlari Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 14
Moskvadagi birinchi o‘zbek dramstudiyasibitiruvchilari 1924-yili Moskvadagi Buxoro Maorif uyi qoshida tashkil etilgan birinchi o‘zbek dramstudiyasi talaba va ustozlari. Mazkur dramstudiya keyinchalik akademik teatr tashkil etish uchun asos bo‘luvchi professional mutaxassislar yetishtirishni maqsad qilgan edi. Ularning birinchi navbati 1927-yilda o‘qishni tamomlab O‘zbekistonga qaytadi. Ustozlar orasida Cho‘lpon, Lev Sverdlin, Shokirjon Rahimiy, bitiruvchilardan esa Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Lutfulla Nazrullayev, Saʼdixon Tabibullayev, Muzaffar Muhammedov, Isʼhoqqori Karimov, Hojisiddiq Islomov, Zamira Hidoyatova, Sora Eshonto‘rayeva, Tursunoy Saidazimova va boshqalar bor. Moskva, 1927-yil Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 12
Alixonto‘ra Sog‘uniyning nomaʼlum asarianiqlandi Ulug‘ olim, shoir, tarjimon va davlat arbobi Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlari (1885 — 1976) bir qancha muhtasham asarlar muallifi sanaladi. Shuningdek, u kishi ayrim mo‘tabar manbalarni fors tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgandir. Sog‘uniy hazratlarining muxtasar "Asos al-islom" asari hijriy 1394-yil 9-shavvol, milodiy 1974-yil 26-oktyabrda yozib tugallangan bo‘lib, muallifning so‘ngi risolasi hisoblanadi. P. S. Asar haligacha eʼlon qilinmagan. Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub
Ippubblikat Apr 10
10-aprel — Abdulla Qodiriy (1894—1938) tavallud topgan kun. Qodiriy asarlarining ilk nashrlari Ulug‘ o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "O‘tkan kunlar" (1925-26), "Mehrobdan chayon" (1929), "Obid ketmon" (1935) asarlari ilk nashrlarining muqovalari. Kanalga ulanish 👇👇👇 Nodir kutub