TGINSIGHT CHAT
Salomatlik sirlari
@shinonmeduzb
Health and FitnessDavo izlab yurgan bemorlarga ishonchli va kafolatli ma’lumot yetkazish, shuningdek, ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab, muammolariga xolis va samarali yechim topishda ko‘maklashish yo'lidamiz! 📞 Aloqa uchun: @FortisShinon
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 85 · 1,017 postijiet
Ippubblikat Mej 28
Jigar transplantatsiyasidan bir yil o'tdi, endi hammasi yaxshi deb xotirjam bo'lishga hali erta. Jigar rad etilishi operatsiyadan 1 yil, 5 yil yoki hatto 10 yil o'tgach ham sodir bo'lishi mumkin. Immunitet tizimi doim hushyor turadi, shuning uchun dori-darmonlar tartibini buzish yoki noto'g'ri ovqatlanish tananing yangi jigarga hujum qilishiga sabab bo'ladi. Buni oldini olish uchun: 1. Sog'lom hayot tarziga amal qiling: yog'li va o'ta sho'r taomlardan voz keching. 2. Shifokor nazoratini kanda qilmang: muntazam tahlillar orqali jigarning holatini tekshirib turing. Erta aniqlangan o'zgarishlarni davolash har doim osonroq. Unutmang, yangi jigar bu sizga berilgan ikkinchi imkoniyat. Uni asrash va ehtiyot qilish o'z qo'lingizda. Siz shifokor nazoratiga necha oyda bir borib turibsiz? Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 27
Transplantdan keyin charchoq nega bo'ladi? Jigar transplantatsiyasidan keyin bemorlarda quvvatsizlik va tez charchash holati tez-tez uchrab turadi. Bu organizmning yangi holatga moslashish jarayonidir. 📌Asosiy sabablar: • Organizm katta jarrohlik amaliyotidan so'ng kuchini tiklashga sarflaydi. • Immun tizimini tushiruvchi dorilar ba'zida nojo'ya ta'sir sifatida charchoq berishi mumkin. • Operatsiyadan keyin anemiya hisobiga holsizlik kuzatilishi tabiiy. • Uzoq vaqt yotoq rejimida bo'lish mushaklar kuchsizlanishiga olib keladi. 📌Nima qilish kerak? • Sekin-asta jismoniy faollikni oshirish (qisqa masofali sayrlar). • Uyqu rejimiga amal qilish. • Shifokor bilan maslahatlashgan holda vitaminlar darajasini tekshirish. Charchoq — bu vaqtinchalik holat. Organizm yangi jigarga moslashgani sayin quvvatingiz qayta boshlaydi. Operatsiyadan keyin sizda ham kuchli charchoq kuzatildimi? Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 27
Assalomu alaykum! Bu muborak kunlarda qilgan qurbonliklarimizni, ehsonlarimizni va ibodatlarimizni Alloh taolo dargohida husni maqbul aylasin. Xonadonlarimizda xotirjamlik va baraka, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bo'lsin. Qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin! ☪️
Ippubblikat Mej 26
🍗🥦Tovuq, brokkoli va ko'katlar bilan parhezbop retsept: Kerakli masalliqlar: Tovuq go'shti (ko'krak qismi) - 500 gramm Brokkoli - 1 ta o'rtacha bosh Yashil ko'katlar (shivit, kashnich, ko'k piyoz) - 1 bog' Zaytun yog'i - 2 osh qoshiq Limon sharbati - 1 osh qoshiq Sarimsoq - 2 bo'lak Tuz va murch Tayyorlash usuli: 1. Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikdagi bo'laklarga bo'ling. Brokkolini esa kichikroq qismlarga (gullarga) ajrating. 2. Ko'katlarni mayda qilib to'g'rang. Bir idishda zaytun yog'i, limon sharbati, maydalangan sarimsoq, to'g'ralgan ko'katlar, tuz va murch bilan aralashtirib sous tayyorlang. 3. Tovuq va brokkolini ushbu sous bilan yaxshilab aralashtirib, 10-15 daqiqa kuting. 4. Pech patnisiga pishiriq qog'ozi yoki folga to'shab, masalliqlarni tekis qilib joylang. 5. 190-200 daraja qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida pishiring. Brokkoli haddan tashqari yumshab ketmasligi va foydali xususiyatlarini yo'qotmasligi uchun vaqtga e'tibor bering. Bu taom vitaminlarga juda boy, oqsilli va hazm qilish uchun yengil hisoblanadi. Limon sharbati va yangi ko'katlar go'shtga o'zgacha xushbo'y ta'm beradi. Yoqimli ishtaha! Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 25
❤️Jigar organizmda nima vazifani bajaradi? Jigar organizmda 500 dan ortiq hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Detoksikatsiya: Qonni toksinlar, alkogol va dori vositalaridan tozalaydi. 2. Energiya boshqaruvi: Uglevodlarni glyukozaga aylantiradi va energiyani glikogen ko'rinishida saqlaydi, zarur bo'lganda esa uni qonga chiqaradi. 3. Hazm qilish: Yog'larni parchalash va ozuqa moddalarining so'rilishi uchun muhim bo'lgan safro (o't) ishlab chiqaradi. 4. Qon oqsillarini ishlab chiqarish: Qon ivishini ta'minlaydigan va qon ketishini to'xtatadigan maxsus oqsillarni yaratadi. 5. Vitamin va minerallar zaxirasi: Jigar A, D, E, K, B12 vitaminlarini hamda temir moddasini saqlaydi. 6. Tiklanish xususiyati: Jigar o'zini o'zi qayta tiklash (regeneratsiya) qobiliyatiga ega bo'lgan yagona ichki organ hisoblanadi. Agar uning hatto 25 foiz sog'lom qismi qolsa, u to'liq o'z holiga qayta oladi. ❔Jigarning o'z-o'zini qayta tiklash xususiyati haqida nimalarni bilasiz? Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 23
Yashoda shifoxonasi barcha filiallarida gematologiya va laboratoriya xizmatlari rivojlangan bo'lib, qon kasalliklari diagnostikasi va davolashiga ixtisoslashgan. Bu gematologiya laboratoriyalarida quyidagi xizmatlar mavjud: 🩸To'liq qon tahlili 🩸Qon ivishi bilan bog'liq testlar 🩸Anemiya diagnostikasi 🩸Leykemiya va limfoma tekshiruvlari 🩸Suyak iligi tekshiruvlari 🩸Immunogematologiya xizmatlari 🩸Qon banki va transfuzion xizmatlar Laboratoriyalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, natijalarni tez va aniq chiqarishga e'tibor qaratilgan. Ular 24/7 ishlaydigan diagnostika tizimiga ega va ko'plab test natijalarini online olish imkoniyati ham mavjud. Siz yoki tanishlaringizni qon kasalliklari qiynayaptimi, bizga murojaat qiling! Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 23
Transplant sanasi yaqinlashganda nimalarni his qilasiz? Transplant sanasi yaqinlashar ekan, inson qalbida haqiqiy hissiyotlar bo'roni boshlanadi. Bu nima? Qo'rquvmi, quvonchmi yoki ulkan umidmi? - Har bir o'tayotgan kun ham hayajonli, ham vahimali tuyuladi. Bir tomondan yangi hayot boshlanishi haqidagi shirin orzular, ikkinchi tomondan esa noma'lumlikdan qo'rqish. Bu tuyg'ular orasida adashib qolish tabiiy hol. - Transplantdan keyingi davr ham oson emas. Faqat jismoniy og'riqlar emas, balki ruhiy holat ham katta sinovdan o'tadi. Ko'pchilik operatsiyadan so'ng tushkunlikka tushishi yoki doimiy xavotirda yashashi mumkin. Shunday vaziyatlarda psixolog yordami nafaqat foydali, balki juda zarurdir. Ruhan tiklanish jismoniy sog'ayishning asosidir. ❗Sizda ham shunday holatlar bo'lganmi? Transplantdan oldin yoki keyin eng ko'p nimani his qilgansiz? Psixologga murojaat qilish haqida nima deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Sizning tajribangiz kimdir uchun katta dalda bo'lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 22
💬 Izoh yozing, hammasini o'qiymiz. Savol: Transplantatsiyadan keyin olma, nok va bananni aralashtirib bir kunda yesa bo'ladimi? Javob: Ha, albatta bo'ladi. Transplantatsiyadan keyingi tiklanish davrida butun va archiladigan mevalarni bemalol yeyishingiz mumkin. Olma, nok va banan organizm uchun foydali bo'lgan zaruriy vitamin va minerallar manbaidir. Transplantatsiyadan so'ng immunitet tizimi zaiflashgan bo'lishi mumkinligini hisobga olib, gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish tavsiya etiladi. Mevalarni iste'mol qilishdan oldin ularni juda yaxshi yuvish va iloji boricha po'stini archib yeyish infeksiya xavfini kamaytiradi. 🔺Sizga shifokoringiz ovqatlanish borasida yana qanday maxsus cheklovlar yoki tavsiyalar bergan? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 21
Transplantatsiyadan keyin ko'pchilik bemorlar immunitet tizimi pasayishidan xavotirga tushishadi. Aslida esa, bu holat yangi ko'chirilgan jigar tana bilan til topishib, unda yashab ketishi uchun eng zarur shartdir. Bizning immunitetimiz xuddi tansoqchidek ishlaydi. U tanaga kirgan har qanday begona narsani xavf yoki dushman deb biladi va uni haydab chiqarishga harakat qiladi. Yangi jigar qanchalik sog'lom va mos bo'lmasin, tana uchun u baribir begona jismdir. Shuning uchun immunitet tizimi uni tanimaydi va unga hujum qila boshlaydi. Bu esa jigarning rad etilishiga olib keladi. Aynan shu sababli, operatsiyadan keyin immunitetni biroz tinchlantiradigan yoki vaqtincha uxlatib qo'yadigan maxsus dorilar beriladi. Ushbu dorilar yangi hayot bosqichida jigarning uzoq vaqt xizmat qilishi uchun asosiy kafolat hisoblanadi. Siz dori-darmonlarni o'z vaqtida ichishga qiynalmayapsizmi? Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 🟣Instagram | 🤩Youtube | 😎Facebook Bepul ko‘rik uchun qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 20
Davlat byudjetini gapiramiz, bermasa Vazirlikka chiqaylik deymiz. Berganini oldi-sotdi qilish qanchalik to'g'ri?! Bir martta alishmoqchi bo'lsa, tushunish mumkin ortiqchasini alishyapti deb. Bu guruh transplantdan keyingi savollar va ko'rsatmalar bilan baham ko'rish hamda o'zaro qo'llab quvvatlash uchun, ertadan kechgacha davlatni dorisini sotib o'tirish uchun emas! Kimgadir dori kerak bo'lsa grupada yozing, masalan " - menga tenver kerak" deb, va dori sotadiganlar shu insonning shaxsiysiga javob yozsin. Bu grupaga dori rasmlarini qo'yish va sotiladi deb reklama qilish mumkinmas!
Ippubblikat Mej 20
Shartnoma - ishonch belgisi ShinonMed o'z faoliyatini boshlagan ilk kunlardanoq bemorlar bilan oldindan qonuniy shartnoma tuzib, keyin ularni Hindistonga davolanishga yuborib kelmoqda. Ko'pchilik kompaniyalar faqat og'izda "kelishishadi" va biror muammo chiqqanda bemorlar o'z huquqlarini talab qilolmay qiynalishadi. Shartnoma ikki tomonning bir-biriga bo'lgan ishonchini ko'rsatadi. Tashkilot xizmat sifati uchun javob beradi, mijoz esa o'z huquqlari himoyalanganiga ishonch hosil qiladi. Shartnoma orqali tomonlar o'z majburiyatlarini bajarishga mas'ul ekanini tasdiqlaydi. Bu oddiy og'zaki va'da emas, balki qonuniy kelishuv hisoblanadi. Bunday yuridik shartnoma bilan ishlash uchun tashkilot barcha qonuniy talablarga javob berishi kerak. Bu esa mijozga ishonch va xavfsizlik beradi. Siz bizni tanlashingizga shartnomamiz borligi qanchalik ta'sir qilgan? Javoblaringizni izohlarda qoldiring! Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🟣Instagram | 🤩Youtube |😎Facebook Bepul ko'rik uchun qo'ng'iroq qiling: ☎️ +998901286000
Ippubblikat Mej 19
Grechkadan ajoyib nonushta tayyorlaymiz 😀 Masalliqlar: Yog' 🫒 Qaynatilgan grechka - 1 piyola 🧂 Petrushka - ta'bga koʻra 🌿 Piyoz - 1 dona 🧅 Kabachki - 0,5 dona 🥒 Pomidor - 1 dona 🍅 Tuxum - 5/6dona 🥚 Tuz, murch 🧂 Tayyorlanishi videoda! Albatta tayyorlab ko'ring va izohlarda fikringizni qoldiring! Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 😎Instagram | 😎Youtube | 😎Facebook Bepul ko'rik uchun qo'ng'iroq qiling: 🌟 +998901286000