TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Davlatmirzo//Testlari TARIX
Davlatmirzo//Testlari TARIX avatar

TGINSIGHT POST

Post #4933

@tarix_sifatli_testlar

Davlatmirzo//Testlari TARIX

Viżjonijiet5,380Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatFra 1111/02/2026 16:34
Kontenut

Kontenut tal-post

Milliy sertifikat imtihonlarida ko'pchilik qiynaladigan savol. 1. Sovet hokimiyatining dastlabki o’n yilliklarida O’zbekistonda imlo 3 marta o’zgartiriladi. Bu holat mahalliy aholini savodsiz qilishga, sovet madaniyati ruhida tarbiyalashga hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirishga mo’ljallangan edi. a) O’zbekiston SSRda arab alifbosidan lotin yozuviga o’tkazilgan davrda O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan shaxsni aniqlang va yozing. Javob: YO'LDOSH OXUNBOBOYEV b) O’zbekiston SSRda lotin yozuvidan kirill asosidagi o’zbek yozuviga o’tish to’g’risida qaror qabul qilingan davrda O’zbekiston SSR Kompartiyasi MKning birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan shaxsni aniqlang va yozing. Javob: USMON YUSUPOV 2. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi qarori bilan Markaz tomonidan O’zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag’on boshlandi. a) Bu paytda O’zbekiston SSR Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritayotgan shaxsni aniqlang va yozing. Javob: INOMJON USMONXO'JAYEV b) Ushbu paytda O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan shaxsni aniqlang va yozing. Javob: OLIMJON SALIMOV 3. 1959-1983-yillarda O‘zbekiston kompartiyasi MK ning birinchi sekretari lavozimida Sharof Rashidov faoliyat olib borgan. a) Sharof Rashidov hukumat tepasiga kelgan yili O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi lavozimiga tayinlangan shaxs nomini aniqlang va yozing. Javob: YODGOR NASRIDDINOVA b) Sharof Rashidov O‘zbekiston kompartiyasi MK ning birinchi sekratari lavozimidan ketgan yili KPSS MK Birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritayotgan shaxs nomini aniqlang va yozing. Javob: YURIY ANDROPOV D.TILAVADDINOV 📍@tarix_sifatli_testlar