TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Davlatmirzo//Testlari TARIX
Davlatmirzo//Testlari TARIX avatar

TGINSIGHT POST

Post #5322

@tarix_sifatli_testlar

Davlatmirzo//Testlari TARIX

Viżjonijiet8,900Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMar 606/03/2026 04:25
Kontenut

Kontenut tal-post

Yodlab oling ⚠️ 🔖9-sinf Jahon tarixida keltirilgan partiyalar. ✅1880-yili Fransiyada ishchi tashkilotlari vakillari"Fransiya ishchi partiyasi" (FIP)ni tuzdi. Ayni paytda, ishchilar mehnat birjalari tuzildi. Ular ishsizlar va ish tashlashda qatnashayotganlar haqida g‘amxo‘rlik qila boshladi. ✅1875-yilda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi(GSDP) tuzildi.1877-yilgi parlament saylovida bu partiya 12 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi.1912-yilgi parlament saylovida bu partiya 34,8% ovoz olishga muvaffaq bo‘ld GSDP ishchilarning manfaati uchun kurashning tinch, parlament yo‘lini tanlagan edi. ✅1905-yili A.Griffit "Shinfeyn" ("Biz o‘zimiz") partiyasini tuzdi.U Irlandiya mustaqil parlamenti tuzishtashviqotini olib bora boshladi. Britaniya tovarlarini boykot qilishyanada kuchaydi. ✅1895-yili Argentinada Sotsialistik partiya tuzildi.Partiya diniy ta’limni bekor qilish, yagona soliq joriy qilish, kasaba uyushmalarini birlashtirish vanamoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga to‘lgan erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari) umumiy saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqarilishiga erishildi. ✅1898-yilda Rossiyadagi barcha sotsialdemokratik guruhlar "Rossiya sotsial demokratik ishchi partiyasi’’ RSDIP deb atalgan partiyaga birlashdilar. ✅1889-yilda esa Avstriya sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi.Partiya dasturida siyosiy erkinliklarni joriy etish, parlamentni umumiy, teng, to‘g‘ri, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash to‘g‘risida qonun qabul qilish, cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish, ish kunini qisqartirish kabi talablar bor edi. ✅1892-yilda Italiya Sotsialistik partiyasi tuzildi ✅1912-yilda Gomindan (Milliy partiya)ni tuzildi. (Xitoy) ✅1885-yilda Bombey shahrida muayyandasturiga ega siyosiy partiya —"Hindiston milliy kongressi"(HMK) tuzildi. ✅1871-yili Misrda Jamoliddin alAfg‘oniy "Xizb ul-Vatan“ ("Vatan partiyasi“) partiyasini tuzdi. ✅Avstriya-Vengriyada ikkita partiya bo‘lgan biri Pangerman partiyasi,ikkinchisi esa Xristian sotsialistlar partiyasi deb ataldi. 🔵Ma'lumotni olganda manbasini ko'rsatgan baraka topsin🤝 👍bosish orqali bundanda zoʻr ma'lumotlar jamlanmasiga ega boʻlasiz. 📍@tarix_sifatli_testlar 📍@tilavaddinov_testlari