Kontenut tal-post
ko'rib chiqing Savol: Buxoro xoni Ko’chkunchixon vafot etgach, xonlikni qisqa muddat boshqargan shaxs nomini yozing. Javob: Abdullaxon I Savol: Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan so’ng vujudga kelgan qo’shhokimiyatchilikda Buxoroda kim, Samarqandda kim hukmronlik qila boshladi? Javob: Buxoroda – Abdulazizxon, Samarqandda – Abdulatifxon Savol: XVI asr oxirlarida Buxoro xonligidagi ichki nizolardan foydalanib Nishopur, Sabzavor, Hirot shaharlarini egallagan Eron hukmodirini yozing. Javob: Shoh Abbos Savol: XVI asr oxirilarida Buxoro xonligida yuzaga kelgan ichki siyosiy nizolar avj olgan paytdan foydalanib Movarounnharga qo’shin tortib, Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qilgan qozoq xoni nomini yozing. Javob: Tavakkal Savol: 1599-yili qozoq xoni Tavakkal qo’shinlarini mag’lub etib Movorounnhar hududini ozod qilgan shaxs nomini yozing. Javob: Pirmuhammad II (Qozoqlar qo’shini Dashti Qipchoqqa chekindi) @tarix_sifatli_testlar