TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Davlatmirzo//Testlari TARIX
Davlatmirzo//Testlari TARIX avatar

TGINSIGHT POST

Post #5605

@tarix_sifatli_testlar

Davlatmirzo//Testlari TARIX

Viżjonijiet11,600Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatApr 303/04/2026 15:43
Kontenut

Kontenut tal-post

ko'rib chiqing Savol: 1556-1585-yillar oralig’ida Zarafshon daryosida qurilgan SUV AYIRG’ICHLAR nomini yozing. Javob: Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor Savol: 1556-1585-yillar oralig’ida Nurota tog’ida qurilgan SUV OMBORI nomini yozing. Javob: Oqchob Savol: 1556-1585-yillar oralig’ida Murg’ob vohasida qurilgan SUV OMBORI nomini yozing. Javob: Hovuzixon suv ombori Savol: Abdullaxon II davrida qurilgan kanallarni yodlab oling. Javob: Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar KANALI, Somonjuq dashtini obodonlashtirish uchun Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo’yga, Murg’obdan Marvga Vaxshdan uning atrofiga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar. Savol: Muhammad Shayboniyxon bilan qaysi Turkiya sultoni o’rtasida Eron safaviylariga qarshi kurash to’g’risida shartnoma imzolangan ? Javob: Boyazid II Savol: 1515-yili Turk sulotni Sulton Salim huzuriga elchi yuborgan shayboniy hukmdor nomini yozing. Javob: Ko’chkunchixon @tarix_sifatli_testlar