TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Davlatmirzo//Testlari TARIX
Davlatmirzo//Testlari TARIX avatar

TGINSIGHT POST

Post #5630

@tarix_sifatli_testlar

Davlatmirzo//Testlari TARIX

Viżjonijiet14,700Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatApr 505/04/2026 11:28
Kontenut

Kontenut tal-post

5-aprel. 2-smena (a) 1006-yilda Qoraxoniylar davlati hukmdori Nasr ibn Ali boshchiligida Xuroson hududiga yurish amalga oshirildi. Ushbu yurish davomida qaysi hukmdor qo‘shinlari Xurosonga bostirib kirgan? Javob: Nasr ibn Ali (Nasr Eloqxon) (b) Mazkur yurish natijasida Qoraxoniylar tomonidan egallangan uchta shaharni yozing. Javob: Balx, Tus, Nishopur (a) 2018-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga qaysi davlat raislik qilgan? Javob: Turkmaniston (b) O‘zbekiston 2021–2023-yillarda BMTning qaysi muhim tuzilmasiga a’zo etib saylangan? Javob: Inson huquqlari bo‘yicha kengash (a) 1918–1920-yillarda Sovet hokimiyati tomonidan O‘rta Osiyo hududida amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat qanday nom bilan atalgan? Javob: Harbiy kommunizm siyosati (b) 1921-yilda joriy etilgan Yangi iqtisodiy siyosatni (NEP) ishlab chiqishda faol qatnashgan mashhur iqtisodchilardan birini ko‘rsating. Javob: M. A. Lorin (a) Xiva xoni Muhammad Aminxon vafotidan so‘ng taxtni egallagan hukmdor kim edi? Javob: Abdullohxon (b) Muhammad Aminxon qaysi qabila bilan bo‘lgan harbiy to‘qnashuv vaqtida halok bo‘lgan? Javob: Yovmut turkmanlari (a) Sharipov, Alimov va Spiridinov kabi shaxslar qaysi mashhur jinoiy ish bilan bog‘liq ravishda jazoga tortilgan? Javob: "Qosimovchilik” (b) Ushbu voqealar sodir bo‘lgan davrda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimida kim faoliyat yuritgan? Javob: Akmal Ikromov (a) Buxoro amirligida jadid usulidagi dastlabki maktablar qaysi hukmdor davrida ochila boshlagan? Javob: Abdulahadxon (b) Buxoroda amir Abdulahad davrida ochilgan jadid maktablari qanday nomlangan? Javob: muzaffariya Manba: Testlider @tarix_sifatli_testlar