Postinhoud
Bugun sizga qarsildoq tandir somsani toʻliq tayyorlash jarayonini koʻrsataman. Videoni oxirigacha koʻrsangiz, somsa qilishni osonlikcha oʻrganasiz! 1. Tandirni tayyorlash: Avval tandirni qizitish uchun o’tinlarni yoqib qo’yamiz. Tandir ichida olov bir tekisda harorat tarqatishi uchun vaqti-vaqti bilan tandirni nam sochiq bilan aylantirib, devorlarini oqarishini ta’minlaymiz. 2. Farsh tayyorlash: • Goʻsht: Lahim qora goʻshtni kubik shaklida toʻgʻraymiz. • Dumba: Mayda qilib toʻgʻrab qoʻyamiz. • Piyoz: Uni ham mayda qilib toʻgʻrasak, yeganda yumshoq boʻladi. • Ziravorlar: • 15 gr tuz • 5 gr murch • 5 gr zira Farsh uchun 500 gr goʻsht, 200 gr dumba, va 600 gr piyozdan foydalanamiz. 3. Xamir tayyorlash: Hamma bilgan muzlatilgan somsa xamirini olamiz. Birinchi qoʻlda bosib, keyin ozgina burab qoʻysak, yopishda yaxshi natija beradi va somsa buklaganda ochilib ketmaydi. Xamirni 50 gr boʻlaklarga boʻlib, ichiga tayyorlangan farshni solamiz. Keyin juva yordamida xamirning chetlarini yupqa, oʻrtasini esa biroz qalinroq qilib yoyamiz. Somsani ikki xil usulda tugish mumkin: • Tomchi shaklida • Dumaloq shaklida 4. Pishirish jarayoni: • Tandirdagi choʻgʻlarni oʻrta qilib yigʻamiz. Yarim litr suv sepib, tandirni tayyor holatga keltiramiz. • Somsalarni tandirga tepadan bosib yopishtiramiz. Keyin hammasini yopib, yana yarim litr suv sepamiz. • 7 daqiqa dimlaymiz, keyin tandirni ochib, somsalarni sekin qizartiramiz. Natijada: Qarsildoq, mazali va kumr-kumr somsa tayyor! Siz ham muzlatilgan xamir bilan uyda sinab koʻrishingiz mumkin. Agar video sizga yoqqan boʻlsa, “BOMBA” deb yozib, kanalga obuna boʻlishni unutmang! Ushbu retseptni doʻstlaringizga ham ulashing 🔥“Mazali taomlarni sevuvchilar uchun maxsus joy! 👉 Kanalimga a’zo bo‘ling va taom tayyorlashdan zavq oling!”🍲💥 👉 @chef_cheerfull