TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← chef_cheerfull
chef_cheerfull avatar

TGINSIGHT POST

Post #620

@chef_cheerfull

chef_cheerfull

Weergaven3,290Weergaven van post
Geplaatst9 mrt09-03-2025, 13:01
Inhoud

Postinhoud

Bomba Lag’mon | 8 porsiya Kerakli mahsulotlar: ✅ Go’sht – 600 gr (yog’ va paylardan tozalangan, parak qilingan) ✅ Bulon uchun – Qozonga go’shtdan chiqqan yog’lar va paylarni solib, suyuq bulyon tayyorlab qo’yamiz. ✅ Sabzavotlar: • Bulgar qalampiri – 1 kg (turli rangli) • Piyoz – 1 dona • Pomidor – 300 gr • Seldr – 1 bog’ • Basil – 400 gr • Chesnok – 8-10 dona ⸻ Xamir tayyorlash: ✅ 190 gr suv, 1 dona tuxum, 15 gr tuz – aralashtiramiz. ✅ 500 gr un qo’shib, yumshoq xamir qilamiz. ✅ Xamirni yoping va 20 daqiqa dam bering. ✅ So’ng uni mushtlab, dumaloq shaklga keltirib, laganga yog’lab aylantirib chiqamiz. ✅ 20 daqiqadan so’ng barmoqlar yordamida ingichkalashtirib, 30 sm uzunlikda tortamiz. ✅ Qaynab turgan suvga solib, bir qaynashga chiqaramiz, so’ng sovuq suvda chayib olamiz. ⸻ Say tayyorlash (lag’mon sousi): ✅ Qozonga 100 gr yog’ solamiz. ✅ Go’shtni solib, qizarguncha qovuramiz. ✅ Tuz, ziravorlar (xoji, imbir, yulduzcha), chesnok, pomidor pastasi solamiz. ✅ 1 piyola suv va ozgina soya sousi qo’shib, 5 daqiqa qaynatamiz. ✅ Basil va seldrni solamiz, biroz pishganidan so’ng bulgar qalampiri va pomidor qo’shamiz. ✅ Shira tortgach, bulyonni solamiz va 2 daqiqa qaynatamiz. ⸻ Taomni dasturxonga tortish: ✅ Idishga xamirni joylab, ustidan say quyamiz. ✅ Rang-barang ko’rinishini baholang, yoqsa “BOMBA” deb izoh qoldiring! Qo’shnim bo’lsaydingiz, sizga ham suzib berardim! Yoqimli ishtaha!