Postinhoud
Qoy go’shtidan begona hid chiqmasligi uchun maxsus retsept! Agar qoy go’shtining hidi sizga yoqmasa yoki undan voz kechishga majbur bo‘lsangiz, bu usul bilan uni mol go‘shtiday mazali va bejirim ta’mga ega qilish mumkin. Go‘shtni tanlash sirlar • Go‘shtning rangi och qizg‘ish bo‘lishi kerak. • Yog‘ining rangi esa oppoq bo‘lsa, taomdan begona hid kelmaydi. • Lapatkaning uchini chopib tashlang – bu ham hiddan halos bo‘lishning bir siridir. • Go‘shtni mos hajmga ajrating, shunda u qozonga sig‘adi va teng pishadi. Go‘sht tayyorlash 1. Go‘shtning yog‘li joyiga tilik qiling, bu uni pishganda oson yeyiladigan qiladi. 2. 500 g dumba yog‘ini mayda to‘g‘rab eritib oling. 3. Eritilgan yog‘da go‘shtni qizartirib, ustidan ziravorlar va 2 dona pomidor ezib soling. 4. 2 litr suv qo‘shib, past olovda 3 soat davomida pishiring. Natija qanday bo‘ladi? Go‘sht shunchalik yumshoq bo‘ladiki, og‘izda erib ketadi! Tagidagi suvi esa go‘shtga podlivaday yoqimli ta’m beradi. Kartoshka bilan yakunlash 1. Qozonga toza yog‘ soling. 2. Kubik shaklida to‘g‘ralgan kartoshkani solib, 10 daqiqa qovuring. 3. Ustidan ishtaha ochuvchi ko‘katlar – kashnich va sarimsoq qo‘shing. Ular taomga ajib hid va lazzat bag‘ishlaydi. Bu retsept Ramazon oyida og‘iz ochish uchun ayni muddao! Video sizga yoqqan bo‘lsa, “BOMBA” deb yozib qoldiring va 5 nafar eng yaqin insoningizga jo‘nating! Yoqimli ishtaha!