TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← chef_cheerfull
chef_cheerfull avatar

TGINSIGHT POST

Post #659

@chef_cheerfull

chef_cheerfull

Weergaven3,750Weergaven van post
Geplaatst11 jun11-06-2025, 14:05
Inhoud

Postinhoud

🥣 Gaspacho va sirli non – yozgi lazzatning sovuq va qarsillagan uyg‘unligi Gaspacho uchun mahsulotlar: • 4 dona yetilgan pamidor • 1 dona piyoz • 2 dona bodiring • 1 dona qizil bulg‘or qalampiri • 5–6 dona rayhon bargi • 2 bo‘lak quruq non • Tuz va qora murch – ta’bga qarab • 2 qoshiq zaytun moyi (olivka yog‘i) • 1 choy qoshiq uksus (sirka) • Yarim piyola muzdek suv Tayyorlanishi: Barcha sabzavotlar, rayhon, non, tuz, murch, zaytun moyi, uksus va muzdek suvni blenderga soling. Silliq, bir hil konsistensiyaga kelguncha maydalang. Tayyor gaspachoni muzlatkichda 30 daqiqa sovuting. Ustini bir necha tomchi zaytun moyi va rayhon bargi bilan bezang. ⸻ 🧀 Sirli non (pista yog‘ida qovurilgan) Kerakli mahsulotlar: • 2 bo‘lak non • Gauda pishlog‘i (yoki boshqa eriydigan pishloq) • Pista yog‘i (pishirish uchun) Tayyorlanishi: 1. Non bo‘laklari orasiga pishloqni joylang. 2. Qovurilgan tova yoki grilda pista yog‘ida har ikki tomonini qizarguncha va pishloq eriguncha qovuring. 3. Tashqi tomoni qarsillagan, ichi esa yumshoq va sirli bo‘lishi kerak — haqiqiy mukammallik!