Postinhoud
#Foydali_resurslarš¤ Figma - UI dizayn ishlab chiqish va uni prototiplash uchun ishga tushirilgan onlayn servis hisoblanadi. Servis aynan UI dizaynlarga yoānaltirilganligi sababli ish qurollari sodda tarzda berilgan, murakkablikning oāzi yoāq. Figma.com servesi bugungi kun dizaynerlarining eng sevimli maskani desak ham bo'ladi. Servisdan foydalanish uchun shunchaki kompyuter brovseridan Figma.com manziliga kirsangiz bas, Google orqali ro'yhatdan o'tasiz va ishni boshlayverasiz. Figma shu qadar katta imkoniyatlarga egaki unda jamoa bo'lib dizaynlar yaratish (real-time), qilingan dizaynni prototiplash orqali uni turli qurilmalarda qanday ko'rinishini oldindan bilish mumkin va h.k. Figma istalgan platformada ishlash imkonini beradi va aynan shu xususiyat uni eng yaqin taqibchilari Sketch va Adobe XD dan bir qadam oldinga o'tishiga yordam bergan. Ammo Figmada ishlash uchun foydalanuvchi doim onlayn holatda bo'lishi kerak. Figmadan foydalanish bepul, ammo siz servisning ko'proq imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo'lsangiz unda pulli rejimni sinab ko'rishingizga to'g'ri keladi, ya'ni Freemium. Figma servisi foydalanuvchiga imkon qadar kam kuch sarflagan holda maksimal natija berishga yo'naltirilgan va bu borada servisga qo'shilgan qo'shimcha qurol(plugin)lar foydalanuvchiga juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak bugun o'zini dizaynerman yoki dizayner bo'lishga davogarman deb biladigan har bir odam ushbu servisdan xabardor bo'lishga majbur. Shunday ekan dizayn sohasini o'rganmoqchi bo'lgan har kimga Figma.com manziliga kirib servisni mukammal darajada o'rganishni maslahat beramiz. Shaxsan o'zim ish kunimning deyarli yarmini aynan shu servisda o'tkazaman š. Ha aytgancha, yuqoridagi grafik rasm ham aynan Figma.com da tayyorlandi šš. ā ļø (Matndan shaxsiy maqsadlarda foydalanganda albatta muallif manzilini ko'rsating) Kanalimizni boshqalarga ham tavsiya qiling va ishlarimizni kuzatib boring! ā”ļø@grapheta