TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Terug naar kanalen
Altruist avatar

TGINSIGHT CHAT

Altruist

@ideal1ch_gamer

Books

Kino anime kitob va fikrlar!

Abonnees30Huidige kanaalabonnees
Gevolgde posts809Geïndexeerde posts
Recent bereik802Som van recente weergaven
Recente posts

Recente posts

Pagina 1 van 68 · 809 posts

Geplaatst 13 dagen geleden

https://youtu.be/UqcW8V2z44c?si=oL6rSGbF85FBFHtg

22 views

Geplaatst 14 dagen geleden

Kitob o'qish haqida... "Agar baxtli yashashni xohlasangiz kitob o'qimang." Juda g'alati eshitilishi mumkun, lekin siz qancha ko'p bilganingiz sari shunchalik "odam"lardan uzoqlashib, yolg'izlanasiz. O'zimni ko'p kitob o'qigan demoqchi emasman, ammo shu bir necha arzirli kitoblarni o'zi jamiyatdan ajralib qolishimga yetarli bo'ldi. Aytishingiz mumkun: "unda o'qima!" ha eshitilishidan juda oson tuyuladi, biroq tangani 2-tomoni ham bor. Siz endi haqiqatni bilib turib uni ko'rmaganga olib yashay olmaysiz.

24 views

Geplaatst 18 dagen geleden

Qisqa qilib aytganda "Sentimental value"ni yapon versiyasi desa ham bo'ladi, teatr, aktyorlar, ko'z yoshlar. Bu yerda har kimning o'z og'rig'i bor, lekin filmning oxirigicha hech kim tan olishni xohlamaydi. Ssenariy shunchalik yaxshi yozilgan-ki, har bitta detal personajlarning qaysidir qirralarini ochib beradi. Sen har bitta dialogni diqqat bilan eshitasan va o'ylaysan "bu gap qaysi jumboqni yechishga yordam berar ekan?", lekin filmning birinchi kadrlardan gap kim haqida ketayotganligi payqaysan. Drive my car (2021)

45 views

Geplaatst 24 dagen geleden

Kecha juda ko'p vaqt orqaga surib kelgan filmim "Stalker"ni tomosha qildim. Menimcha ushbu film IYMON haqidagi eng yaxshi asar bo'lsa kerak! Filmdagi stalkerning kuch va ojizlik haqidagi monologi yaqqol xotiramda muhrlanib qoldi. "Barcha ojiz va begunoh bo'lib tug'iladi, lekin keyinchalik kuchga erishgani sababli odamzod o'z yaratuvchisi unuta boshlaydi." Taxminan shunday ma'nodagi monolog edi. Maktabda vatan tuyg'usi nomli fan bo'lar edi, uning ichida "komil inson" nomli tushuncha har yili o'tilar edi. Mening tushunishim bo'yicha "komil inson" atamasini ushbu su'ratdagi personajlarga ishlatsa bo'ladi. Bu personajlarning bari tashqi ko'rinishidan ulg'aygan bo'lsa ham ichida hali hamon sodda, ishonuvchan yosh bolalardir. Ular o'z ojizligini tushunadi va qabul qiladi, ular o'lim nomli haqiqat oldida ilojsiz ekanliklarini bilishadi va shu xislatlari sabali ularning insoniyligini saqlab qolinadi.

57 views

Geplaatst 28 dagen geleden

Sen tomosha qilasan, lekin xuddi filmni ichida o'zingni aksingni ko'rayotgandek bo'lasan. Personajlar bilan birga o'z dardingga da'vo qidirasan, hech kimni ayblamaysan va oqlamaysan ham. Har kimni o'z qorong'u va yorug' tomonlari bor, har kim baxtga intiladi, har kim yolg'izligidan qutulgisi keladi, lekin har kimning bunga yetishish yo'li har xil. Bu filmni tomosha qilish uchun uni yo yashab o'tish kerak yokida his qilish kerak. Sentimental value (2025)

64 views

Geplaatst 4 mei

59 views

Geplaatst 29 apr

Bunday bulutlar o'zimizning toshkentda ham bor ekan)

85 views

Geplaatst 28 apr

Kichkinaligimda ko'rinmas odam bo'lishni orzu qilardim va katta bo'lib bunga erishdim. Manba:IG

77 views

Geplaatst 23 apr

89 views

Geplaatst 23 apr

68 views

Geplaatst 14 apr

Bunday bulutlar o'zimizning toshkentda ham bor ekan)

103 views

Geplaatst 8 apr

109 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6768
VorigePagina 1 van 68Volgende