TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Terug naar kanalen
Madina Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Madina Azam

@madinaazam

Pictures and photos

http://instagram.com/madinaazam_photography

Abonnees533Huidige kanaalabonnees
Gevolgde posts663Geïndexeerde posts
Recent bereik8,803Som van recente weergaven
Recente posts

Recente posts

Pagina 1 van 56 · 663 posts

Geplaatst 14 apr

Ko’proq shortslar uchun YouTube sahifamga ham obuna bo’ling 🍃. https://youtube.com/@remedybym

201 views

Geplaatst 14 apr

214 views

Geplaatst 8 apr

Kichik yangilik olib keldim. Yangi instagram sahifa ochdim: https://www.instagram.com/remedy.by.m Hujjatli fotografiya jiddiylik talab qiladigan yo'nalish. Shu sababli instagram akkauntimda estetik postlar ulashmas edim. Visual art storislarimga sig'masligini tushundim. Remedy by M orqali dunyoning turli go'zalliklarini mening nigohim bilan tomosha qilasiz. Har bir obuna, like, izoh uchun xursand bo'laman. Youtube monetizatsiyani yoqishimga yordam bermoqchi bo’lsangiz: https://youtube.com/@remedybym @madinaazam

346 views

Geplaatst 8 apr

Koreyadan bahorli salom 🌸 @madinaazam

320 views

Geplaatst 7 apr

Janubiy Koreya bahori — Madina Aʼzam nigohida Janubiy Koreyada hozir sakura gullagan palla. Gazeta fotomuxbiri Madina Aʼzam mamlakatning Chonju, Kvanju va Naju shaharlarida boʻlib, bahor manzaralarini suratga oldi. Koʻproq suratlar: https://www.gazeta.uz/oz/2026/04/07/south-korea-spring/ Telegram | Instagram | YouTube

326 views

Geplaatst 11 okt

Nechadir oyga sahifamda tanaffus! Hammaga rahmat.

1,430 views

Geplaatst 1 okt

“Terim — biz uchun prezident archasidek gap” Bekobod yaqinidagi Avangard — qahramonlar qishlog‘i. Unda yarim tunda terimga chiquvchi otaxonlar, o‘g‘lidan yashirincha paxta teruvchi onaxonlar, terimga ham, uy ishlariga ham birdek ulguruvchi superkelinchaklar va hammasiga bosh-qosh “Temir xotin” bor. “Gazeta.uz” ularning turmushi va orzu-umidlari bilan tanishdi. Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/30/paxta/ Ziyoda Ramazonova, Abdullo Yodgorov, Madina A'zam @gazetauzmaxsus

1,620 views

Geplaatst 28 sep

Biz tomonlarda ob-havo juda oʻzgaruvchan. Masalan... Oʻshanda aprel oyi edi. Ertalabdan quyosh charaqladi, tushlikka yaqin qor yogʻa boshladi. Ikki oylar Koreya iqlimini shunchaki yoqtirdim, yomgʻirdan zavqlanardim. Lekin hozir ob-havo prognozidayoq yomgʻir kayfiyatimga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Rostda, tonggi quyoshga ishonib soyabonsiz universitetga borasan, lekin qaytishda avtobus bekatiga yetguningcha goh jala quyib yuboradi, goh yomgʻir yogʻadi. Bunda mavsumning ahamiyati yoʻq. Haftaning atigi bir kunida oftob bor edi. Yangi orolchani kashf qilish uchun baribir yomgʻirli kunni tanladik. Dengiz qirgʻogʻidagi sayr...Chelakka chigʻanoq yigʻayotgan keksalar, bir soyabon ostidagi juftliklar, suvning ritmi. Nice! Biroq endi Muchangpo Beachning gavjumligi, chagʻalaylarning haddan ziyod yoqimsiz ovozi tufayli keyingi safar boshqa sohilga boraman.

1,170 views

Geplaatst 28 sep

🏝 Daecheon beach

817 views

Geplaatst 15 sep

Va.... Sentyabr keldi, xatto yarimlabdi. Avgust qanday o‘tdi bilmadim, xuddi kalendardan tushib qolgandek. Tashqarida kuz. Qaynayotgan yoz ortda qolibdi. Koreyaning "빨리빨리" hayot tarzi biroz sokinlashgandek, yoki men bu ritmga ancha ko‘nikdim. Universitetlarda kuzgi semestrga start berildi. Ba’zan karidorda "assalomu alaykum, aya" deb yozilayotgan ovozli xabarlarni eshitaman. ...Time flies. Today is the 195th day of my immigration journey. @madinaazam

1,230 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5556
VorigePagina 1 van 56Volgende