TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MAX Education | Chet elda ta'lim
MAX Education | Chet elda ta'lim avatar

TGINSIGHT POST

Post #2293

@maxedu

MAX Education | Chet elda ta'lim

Weergaven2,390Weergaven van post
Geplaatst23 sep23-09-2025, 11:48
Inhoud

Postinhoud

🇰🇷 Janubiy Koreyada yangi kelgan talabalar uchun muhim eslatma! ✅ ID karta (외국인등록증) olish jarayonida muammosiz ruxsat bo‘lishi uchun talaba universitet joylashgan hududdan uzoqqa chiqib yashamasligi kerak. 📌 Asosiy talablar: · Talaba universitet joylashgan shahar (시) yoki tuman (구) hududida yashashi shart. · Universitetdan transportda 30 daqiqa – 1 soat masofadan oshmagan joyda bo‘lishi kerak. · Odatda bu 10–15 km dan uzoq bo‘lmasligi lozim. · Masofa faqat kilometr bilan emas, balki transport yo‘nalishi va vaqtiga qarab ham baholanadi. 👉 Misol: Agar universitet Pusanda bo‘lsa: Pusan ichidagi kvartira – ✅ mos keladi. Yaqin shahar Ulsan – ❌ mos kelmaydi, chunki boshqa shahar hisoblanadi. — ❓ Nega bu qoidalar qat’iy nazorat qilinadi? · D-2 yoki D-4 vizasidagi talaba haqiqatan ham darslarga qatnashayotganini isbotlashi kerak. · Agar talaba uzoqda yashab, darsga muntazam bormasa, migratsiya buni “o‘qish maqsadi yo‘q” deb ko‘rishi mumkin. 🚫 Buning oqibatlari: · Viza muddatini uzaytirishda rad javobi (연장 거절) · Vizaning bekor qilinishi (비자 취소) · Kelgusida Koreyaga kirish taqiqi (입국금지) ✅ Maslahat: ID kartani muammosiz olish uchun albatta universitetga yaqin joyda turar joy tanlang! Ⓜ️@maxedu