Postinhoud
2016-yilda Kun.uz jamoasiga qo‘shilganimda videomontaj qilishni va syomka qilishni ham bilmas edim. Hatto oddiy rasmga olishni o‘rganishim kerak edi. O‘sha paytda Umid aka va Maxsud aka (rahbariyat😎) bizga matnli xabarlarni video shaklida tayyorlash vazifasini topshirishdi. Bu vazifa meni yangi narsalarni o‘rganishga undadi. YouTube orqali montaj sirlarini mustaqil o‘rgana boshladim. Bir vaqtning o‘zida ham ishladim, ham bilimimni oshirdim. Shunday qilib, Kun.uz’ning YouTube kanali 2016-yil 27-dekabrida ochildi va dastlabki videolarni joylashtira boshladik. Bugungi kunda ushbu kanal 3 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘ldi. Bu yutuq mening texnik bilimlarimni oshirish bilan birga, mehnat va qat’iyat bilan katta natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Bu o‘sish faqatgina mening emas, butun jamoaning mehnati. Har bir kichik qadam katta yutuqlarga olib kelishini o‘zimda his qildim. Xullas natija yomonamas🤓. https://www.youtube.com/watch?v=pNfEDeI6zHU