TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhoud
Postinhoud
“TasIMO–2026” finalida O‘zbekistonning intellektual salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi! 19–21 may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” majmuasida “TasIMO–2026” Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Xalqaro miqyosdagi mazkur nufuzli loyiha Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF, AQSHning Rowan University hamda Finlyandiyaning Karelia University hamkorligida amalga oshirildi. 📌Batafsil —saytda... @tashkent_imo