TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1004

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia33,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano19 lip19.07.2025, 02:07
Treść

Treść posta

#xushxabar IMO 2025: Terma jamoamiz a’zolari o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda: 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medal! G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing: Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Asadbek Boboqulov –“Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal), Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention). Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi: 2-oʻrin uchun: ➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar); 3-oʻrin uchun: ➖oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar). Eslatib o‘tamiz: Terma jamoa a’zolari joriy yil davomidaQirg‘izistonhamda Xitoyda tashkil qilingan qo‘shma o‘quv yig‘in mashg’ulotlarida ishtirok etdi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Matematika Olimpiadasida jami 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ishonamiz, yoshlarimizning kelasi safar natijalari bugungidan ham yuqori boʻladi! Hilola Umarova ✅@talimuz