TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1005

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia38,400Liczba wyświetleń posta
Opublikowano19 lip19.07.2025, 07:24
Treść

Treść posta

⚡️Magistratura va bakalavriat davlat granti 2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli hamda MAGISTRATURA bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari: ✅BAKALAVRIAT ▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 ming 500 ta; ▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 ming 023 ta; ▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 ming 460 ta; ▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 ming 761 ta. ✅MAGISTRATURA: ▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta; ▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta; ▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta; ▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta. Kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor: 1️⃣Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi; 2️⃣Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q; 3️⃣Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q. ‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq. ✅@talimuz