Treść posta
⚡️Toʻlov-kontraktni toʻlash muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. ❓Bu imkoniyat kimlar uchun? ➖ 1-bosqich talabalari: Ham bazaviy, ham “super-kontrakt” asosida o‘qishga kirganlar. ➖ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar: Maxsus kvota (PF-213) bilan o‘qishga tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari. ➖O‘qishini ko‘chirganlar: Talabalar safini qayta tiklagan yoki o‘qishini ko‘chirgan (perevod) barcha talabalar. ❓To‘lov miqdori qancha bo‘lishi kerak? 1️⃣Oddiy kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi. 2️⃣Super-kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi. Eslatma: 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt muddatini uzaytirish vakolati bevosita OTM rektorlariga berilgan. ✅@talimuz