Treść posta
⚡️Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari5-mart kuni o‘tkaziladi! Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 5-mart kuni o‘tkaziladi. Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan ushbu PDF faylda tanishish mumkin. 🪪 Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. 💻Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin. 🕒Test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari bilan batafsil bu yerda tanishing. @talimuz