TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
❗️DXX: Litsenziyachi oliy ta’lim vazirligi xodimi 100.000 dollar bilan ushlandi Vazirlikning Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahridagi nodavlat OTMning Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga universitet mansabdoridan 100 ming AQSh dollaritalab qilgan. U so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. @talimuz