Treść posta
⚡️“Yashil” texnikumlarda maxsus stipendiya ta'sis etiladi! 🏛Qarorga ko'ra, Universitet hamda “Yashil” texnikumlar ta'lim tizimining uzviyligini ta'minlash maqsadida 2026/2027-o'quv yilidan boshlab: 🗒 “yashil” texnikumlarda ta'lim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy ta'lim agentligi tasdiqlaydigan ta'lim dasturlari asosida tashkil etiladi; ✔️ “yashil” texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi; 📁 Universitetning 1-bosqichida o'qitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich o'quv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi; ☑️ “yashil” texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan B2 darajaga ega bo'lgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar o'rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o'qishni davom ettirishga ruxsat beriladi; 💸 “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta'sis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli o'quvchilarga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi. @talimuz