TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
⚡️Oʻzbekistonda har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant ajratiladi Shavkat Mirziyoyev bugun bu bo’yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan: ➖“U10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida tanlov asosida 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi berilib, ularda ilmiy klasterlar tashkil etiladi; ➖ Buning uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 150 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratiladi; ➖2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi @talimuz