TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1325

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia28,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano4 kwi04.04.2026, 16:06
Treść

Treść posta

❗️Oliy ta’lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi 📃Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrugʻi bilan Oliy taʼlim to‘g‘risidaginizom qabul qilindi.  Mazkur me’yoriy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni 3807-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom oliy taʼlim jarayoni va tizimini tashkil etish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini, oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ushbunizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi. Hujjat O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladi. Nizom qoidalari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tavsiyaviy xarakterga ega. @talimuz