Treść posta
❗️Oliygohga o’qishga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtirilib, bitirgach, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi Shavkat Mirziyoyev kecha, 6-aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha takliflar bilan tanishib, tegishli qarorni imzoladi. ⬇️ Unga ko’ra, 2026/2027-o’quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi: ➖ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga oʻqishga kirib, masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratilmoqda; ➖ Kontraktga oʻqishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi; ➖ OTMga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi; ➖ Namunali xizmat oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi oʻrinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda. @talimuz