TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1334

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia20,800Liczba wyświetleń posta
Opublikowano10 kwi10.04.2026, 09:59
Treść

Treść posta

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbarlari 2025-yilda xizmat safarlariga 3,3 mlrd soʻm sarflabdi Yillik hisobotga koʻra, vazirlik rahbarlarining xizmat safarlari uchun katta miqdorda mablagʻ yoʻnaltirilgan. - Yil davomida 24 ta davlatga 120 marta xizmat safari amalga oshirilib, bunga jami 2 mlrd 447 mln soʻm sarflangan (har bir safar oʻrtacha 20,4 mln soʻm); - Eng koʻp mablagʻ Fransiyaga (15 marta, 427 mln soʻm) sarflangan. Shuningdek, roʻyxatda Xitoy (18 marta), Turkiya (12 marta) va Buyuk Britaniya (5 marta) kabi davlatlar bor; - Ayrim rahbarlar, jumladan Hilola Umarovaning safarlari uchun 173,8 mln soʻm, boshqarma boshliqlari A. Abdulhayevga 230,8 mln soʻm va O. Rahmatillayevga 213 mln soʻm ajratilgan; - Ayrim safarlar narxi 70-85 mln soʻmgacha yetgan (masalan, AQSH va Braziliya safarlari). Vazirlik xalqaro safarlar byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplanganini bildirdi; - Oʻzbekiston boʻylab 383 ta safar uchun 875,8 mln soʻm sarflangan. Eng koʻp tashrif Samarqand viloyatiga (105 ta), eng kami Qashqadaryoga (14 ta) toʻgʻri kelgan. @talimuz