Treść posta
❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi (v1.8.6) foydalanishga topshirildi! Tizimning 2026-yil 10-apreldagi yangilanishida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt integratsiyasi va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi: 1️⃣Talabalar harakatiga oid yangi buyruqlar Tizimda talaba o‘qishini tiklash, o‘qishni bekor qilish, talabalarga nisbatan intizomiy chora qo‘llash va shaxsiy grafik asosida ta’lim olish bo‘yicha buyruqlar funksionali ishga tushirildi. 2️⃣Dars jadvali va kalendar rejalashtirish O‘quv reja haftalarini 7 kunlik tizimga moslashtirish imkoniyati yaratildi. Endilikda yakshanba kuniga ham dars qo‘yish va dars jadvalini avtomatik generatsiya qilish funksiyalari takomillashtirildi. 3️⃣Transkript bo‘yicha kengaytirilgan qidiruv Transkript bo‘limiga talabalarni familiyasi, ID raqami va pasport ma’lumotlari bo‘yicha tezkor topish imkonini beruvchi filtrlar qo‘shildi. 4️⃣Ma’lumotlarni Excelga eksport qilish Akademik yozuvlardagi fanlar va baholar ro‘yxatini, shuningdek, Akkreditatsiya bo‘limida guruhlar kesimidagi baholarni Excel formatida yuklab olish funksiyasi yaratildi. 5️⃣O‘quv reja yaratishdagi unikallik O‘quv rejalarini shakllantirishda xatoliklarning oldini olish maqsadida fakultet, mutaxassislik, ta’lim turi, shakli va o‘quv yili bo‘yicha takrorlanmaslik (unikallik) nazorati o‘rnatildi. 6️⃣Rahbariyat uchun monitoring tizimi “Rahbar” roli ostida tyutorlar faoliyatini masofadan kuzatib borish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Tyutor monitoringi” bo‘limi ishga tushdi. 7️⃣Shaxsiy qaydnomalar nazorati Shaxsiy qaydnoma qo‘shish jarayoni takomillashtirildi. Endi ro‘yxatda faqatgina tegishli ruxsat berish buyrug‘ida qayd etilgan talabalargina ko‘rinadi. 8️⃣Plagiatga qarshi kurash (Antiplag.uz) Tizim Antiplag.uz platformasi bilan integratsiya qilindi. Endilikda talabalar tomonidan yuklangan ilmiy va ijodiy ishlar (kontentlar) ko‘chirmachilikka qarshi tekshiriladi. 9️⃣Sun’iy intellekt (AI) integratsiyasi HEMIS tizimi zamonaviy AI texnologiyalari — Gemini va Ollama modellari asosida ishlovchi aqlli chatbotlar bilan bog‘landi. 🔟Qayta aloqa va qo‘llab-quvvatlash Tizimni baholash moduli hamda yuzaga kelgan savollarga tezkor javob olish uchun Tiket (murojaat) tizimi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi. 👉@talimuz