TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1345

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia24,800Liczba wyświetleń posta
Opublikowano13 kwi13.04.2026, 08:19
Treść

Treść posta

❗️Davlat qabul komissiyasi vakolatlari vazirlikka berilmoqda 2026-yil 10-apreldagi Prezident farmoni bilan Davlat qabul komissiyasining yana bir nechta muhim vakolatlari vazirlikka olib berilmoqda. Jumladan: ✅bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini tasdiqlash (oxirgi yillarda ahvol yaxshilandi-yu, lekin uzoq yillar imtihon natijalari aynan Davlat qabul komissiyasi tasdiqlamagani uchun juda kechikib e’lon qilinar edi); ✅o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va ularni talabalikka qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishning so‘nggi muddatini belgilash (bungacha 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, yuqori kurslar uchun muddatni oliygoh rektorlari tasdiqlar edi); ✅bir davlat oliygohidan boshqasiga talabalarning o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiya berish(bunda ham “perevod” natijalari juda kech tasdiqlanar, ungacha o‘qishlar boshlanib ketib, ariza bergan talabalar na uyoqli, na buyoqli bo‘lib, arosatda qolayotgan edi); ✅imtiyozga ega abituriyentlarni talabalikka tavsiya qilish(bu ham og‘riqli masala edi. Har yili imtiyozli abituriyentlar uchun Davlat qabul komissiyasining alohida “protokol” chiqishi kutilar, allaqachon mandat chiqib, hatto ba’zan o‘qishlar boshlanib ketsa ham, imtiyozga ega abituriyentlar o‘qishga kirgan yoki kirmaganini bila olmas va xavotirga ham tushib qolishardi); ✅xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, xorijdagi vatandoshlar uchun ajratilgan grant o‘rinlariga talabalikka tavsiya etish. Eslatma: bundan faqat Prezident hujjatlari bilan oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan hollar mustasno. Masalan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda yuqoridagi ayrim vakolatlar oliygohning o‘ziga berilgan va ular vazirlik qarorini kutishi shart emas. ✅@talimuz