Treść posta
❓Talaba oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritilmasligi mumkinmi? ✅ JAVOB: Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, talabaning imtihonlarda ishtirok etishini cheklovchi aniq holatlar belgilab qo‘yilgan. Bu borada har bir talaba bilishi shart bo‘lgan eng muhim tartiblar bilan tanishing: 1️⃣ Eng asosiy sabab — dars qoldirish. Agar talaba muayyan fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 25 foizi va undan ortig‘inisababsiz qoldirgan bo‘lsa, u ushbu fan bo‘yicha imtihonga qo‘yilmaydi. ❗️Eslatma: Sababli (kasallik yoki rasmiy ruxsatnoma) qoldirilgan darslar bu hisobga kirmaydi. 2️⃣ Nizomga ko‘ra, talaba yakuniy nazoratga kirishi uchun oraliq nazorat(lar)ni topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho olgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 3️⃣ Imtihon jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, talaba jarayondan chetlashtiriladi: 🔹 ID-karta yoki talaba guvohnomasi mavjud bo‘lmasa; 🔹 Imtihonga telefon, shpagalka yoki boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinsa; 🔹 Akademik etika qoidalarini buzsa (boshqasining o‘rniga kirish yoki yordam so‘rash). 4️⃣ Akademik qarzdorlik va kursdan qolish: 🔹3 tagachafandan qarzi bor talabaga qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi. 🔹 Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘pbo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular kursdan qoldiriladi. ❓Kontrakt qarzdorligi bo‘lsa-chi? Ko‘pchilik dekanatlar tomonidan qo‘llaniladigan “kontraktni to‘lamasang imtihonga kirmaysan” degan talab mutlaqo g‘ayriqonuniy. Talabaning kontrakt to‘lovidan qarzdorligi uning bilimini nazorat qilish jarayonlaridan (na oraliq, na yakuniy imtihonlardan) chetlatishga asos bo‘la olmaydi. Biroq, muhim bir jihatni unutmang: Kontraktni o‘z vaqtida to‘lamaslik imtihonga kirmaslikka sabab bo‘lmasa-da, OTMda sizni shartnoma shartlarini bajarmaganingiz uchun talabalar safidan chiqarish huquqi mavjud. Shu bois, bu borada juda ehtiyot bo‘lishingizni va to‘lovlarni kechiktirmaslikni tavsiya qilaman. Barcha jarayonlar HEMIS tizimi orqali nazorat qilinishini inobatga olib, dars qoldirish foizini va oraliq ballaringizni doimiy kuzatib borishingizni tavsiya qilaman. ✅@talimuz