TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1348

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia128,000Liczba wyświetleń posta
Opublikowano16 kwi16.04.2026, 17:12
Treść

Treść posta

❗️Maktab bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari tizimi joriy etiladi O‘quvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, respublikada maktab bitiruv imtihonlari va oliy ta’limga kirish sinovlarini birlashtiruvchi Yagona davlat imtihonlari tizimi yo‘lga qo‘yiladi. ✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun bitiruv hamda professional ta’limga qabul imtihonlarini o‘z ichiga olgan asosiy davlat imtihonlari joriy etilib, uning tarkibi 2 ta majburiy fan (ona tili va matematika) hamda 2 ta tanlov fanidan iborat bo‘ladi. ✅ 11-sinf bitiruvchilari uchun esa bitiruv hamda OTM yoki professional ta’limgaqabul imtihonlarini o‘z ichiga oluvchi yagona davlat imtihonlari yo‘lga qo‘yiladi va unda o‘quvchilar 2 ta majburiy fan (ona tili va matematika) hamda bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 ta tanlov fanidan sinov topshiradilar. Tizimning asosiy muddatlari va tartibiga ko‘ra, imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish har yili 1-yanvardan 31-martga qadar davom etadi. Mazkur jarayonlar 2026-2027-o‘quv yilida Navoiy, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, 2027-2028-o‘quv yili yakunidan boshlab butun respublika bo‘ylab to‘liq amaliyotga kiritilishi belgilanmoqda. Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar tegishli fandan imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtihon topshirish uchun 50 foiz qo‘shimcha vaqt va alohida sharoitlar (surdotarjimon, Brayl alifbosi va hk.) taqdim etiladi. Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun bepul onlayn diagnostik testlar tashkil etiladi. 📝 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz sayti orqali qoldiring ✅@talimuz