Treść posta
⚡️Magistraturaga kirishdagi majburiy chet tili sertifikat talabi sabab oliygohlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan! 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmoqda. Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisobotie’lon qilindi. ➖ Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan. Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan. Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan. 📉 Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan. ✅@talimuz