TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #211

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia73,700Liczba wyświetleń posta
Opublikowano23 maj23.05.2024, 03:15
Treść

Treść posta

​​​​​SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILINDINGIZ! Abituriyentlar uchun atalgan ajoyib she'r Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz Biz ham bir quvonchga to'laylikda O'qishga grand asosida kiraylida. Bu sobiq DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib Testlarni ham belgiladik qoyillatib Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda O'qishga grant asosida kiraylikda..... Niyatimiz Oliy unvon olish xalos Va albatta yaxshi inson bo'lish xalos Menga esa poytaxtda qolish xalos Biz ham bir kerilib yuraylikda O'qishga grant asosida kiraylida..... Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda 😃 O'qishga grant asosida kiraylida..... Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas Bizga grantdan pastrog'i soz emas Bizchalik hech kim ishqiboz emas Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda O'qishga grant asosida kiraylikda..... Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga Nasib qilsin talabalik hammamizga Maqtanaylik tog'a xola ammamizga O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda 😃 O'qishga grand asosida kiraylikda... Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda 😯 Bo'lmasa grand asosida kiraylikda.... Sabr qiling deyishibdi sabr qiling Sizga shubha qilganlarga jabr qiling Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling Duo qiling duo qiling duo qiling Hammamiz quvonchga to'laylikda O'qishga grand asosida kiraylikda... ✅️@talimuz