TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #220

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia45,600Liczba wyświetleń posta
Opublikowano27 maj27.05.2024, 08:46
Treść

Treść posta

​⚡️Endi xususiy oliygohlar ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin! Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. ✅@talimuz