TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #224

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia64,800Liczba wyświetleń posta
Opublikowano28 maj28.05.2024, 09:35
Treść

Treść posta

​⚡️Qabul-2024: Abituriyentlar va talabalar hayotida nimalar o'zgaryapti? 👉 Abituriyentlar endi har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi; 👉 O‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; 👉 OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi; 👉 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi; 👉 Endi abituriyentlar faqat 1 yillik grant oladi; 👉 Grantda o'qiganlar diplomini olishi uchun 3 yil ishlab berishi talabi bekor bo'ldi; 👉 Endi stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; 👉 Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; 👉Imtiyozli abituriyentlar bu yil ham saqlanib qolinadi. ✅@talimuz