Treść posta
⚡️Rasman: 2000 nafar xotin-qizlarga Grantda o'qish uchun tavsiyanoma berish boshlandi.Ulgurib qoling! — Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ❓ Tavsiyanoma kimlarga beriladi? • Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ❓ Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi? Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi. 🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! #abituriyent#baholash#imtihon ✅@talimuz