Treść posta
❓Qaysi fan olimpiada g‘oliblari imtihonsizo'qishgaqabul qilinadi? 🇺🇿 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi: 1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO) 2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO) 3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO) 4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO) 5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI) Boshqa olimpiadalar-chi? ❌ Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi. ‼️XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi. Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi. ✅@talimuz