Treść posta
⚡️Rasman: Kollej va texnikumlarning fanlar majmuasi tasdiqlandi. Maksimal ball - 189 🇺🇿 2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Barcha uchun majburiy 3 ta fan: ✔️Ona tili – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✔️Matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. ✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. 👉Jami to‘planadigan ball – 33 ball. Mutaxassislik 2 ta fan bo‘yicha: ✔️1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ✔️2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 👉Jami to‘planadigan ball – 156 ball. 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189. ➡️Faylni yuklab olish Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadarmy.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ✅@talimuz