TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
⚡️Rasman: Xotin-qizlarning to'lov-kontrakt pulini joriy yilda ham davlat to‘lab beradi 2024-yilda ham magistraturaga kiradigan xotin-qizlarning kontraktini davlat to‘lab berishi rejalashtirilgan. Buning tartibi qanday? Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Magistratura qabuli 30-iyulgacha bo'ladi. ✅@talimuz