TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #54

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia196,000Liczba wyświetleń posta
Opublikowano4 sty04.01.2024, 14:31
Treść

Treść posta

​⚡️O'qishga kirish yanada osonlashadi:Abituriyentlar2024-yilgi qabulda 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi! ➖ 2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi. 2024-yildan ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi. 2️⃣-bosqichda to‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi. 🇺🇿@talimuz