Treść posta
⚡️Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar 👨🏻🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning: 🙋🏻♂️ 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar; 🙋🏻♀️ 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. 🎓Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan: 👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%); 👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%). 🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi. 📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi. ✅@talimuz