TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #577

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia46,200Liczba wyświetleń posta
Opublikowano16 wrz16.09.2024, 08:34
Treść

Treść posta

⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan ▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi. ✅@talimuz