TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #627

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia94,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano14 gru14.12.2024, 12:32
Treść

Treść posta

Hurmatli abituriyentlar! Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2024-25 o'quv yili uchun qishki qabul boshlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi! ‼️ Ushbu taklif faqat birinchi kursga kirishni istagan to'liq o'rta ma'lumotli abituriyentlar uchun mavjud 📆 Onlayn ro'yxatdan o'tish muddati: 2024-yil 11-noyabrdan - 2024-yil 25-dekabrgacha 📋 Onlayn ro'yxatdan o'tish uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini yuklashlari talab etiladi: • Pasport / ID karta (pasportda doimiy ro'yxatdan o'tgan sahifasi ham); • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS) 5.5 va undan yuqori / CEFR B2 yoki MDIS English test 5.5 va undan yuqori • Jpeg formatida 3,5x4,5 o'lchamdagi fotosurat; • Tegishli malaka bo'yicha diplom va ilova (ingliz tiliga tarjima qilingan holda), o'rta maktab (11 yillik majburiy ta'lim) yoki akademik litsey / kasb-hunar kolleji diplomi (12 yillik majburiy ta'lim); Qabul haqida ma'lumot olish uchun aloqalar: 📞 +998712717702 (Axborot markazi) 📨 Elektron pochta: [email protected] 📱 Telegram: +998888307006 🔗 Iltimos, onlayn ariza yuborish uchun havola ustiga bosing: https://admission.mdis.uz