Treść posta
Akademik ta’til qaysi hollarda beriladi? ➖Harbiy xizmatni o‘tash uchun; ➖salomatligini tiklash uchun; ➖homiladorlik va tug‘ish uchun; ➖bolalarni parvarish qilish uchun; ➖oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun. ✅ Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi: ➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga; ➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga; ➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi o‘quv yiliga qadra yoki bir semestr uchun beriladi. ❌ Talabaga akademik ta’til berilishi uni OTMdan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasi 344-son qarori. ✅@talimuz