TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #645

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia86,100Liczba wyświetleń posta
Opublikowano20 gru20.12.2024, 12:30
Treść

Treść posta

​🇬🇧Britaniyaning nufuzli universiteti Oʻzbekistonda oʻz filialini ochmoqchi Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Esseks universitetining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektori Vanessa Potter bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar, jumladan, ikki tomonlama diplom berish dasturlari, oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, mazkur universitet filialini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida mazkur yoʻnalishdagi muloqotni yanada jadallashtirishga kelishib olindi. «Oʻzbekistonda Britaniya taʼlim standartlarini joriy etishdan manfaatdormiz. Hozir kunda universitetning Oʻzbekistonda rasmiy filialini tashkil etish masalasi kun tartibidagi muhim masala hisoblanadi«, — dedi prorektor Vanessa Potter. Esseks universiteti 1964-yilda tashkil etilgan. Taʼlim muassasasi Britaniya hukumatiga tegishli. Hozirgi kunda mazkur oliy taʼlim muassasasida salkam 17 ming talaba tahsil olmoqda. ✅@talimuz