Treść posta
⚡️Hozirda O'zbekistonning 208 ta oliygohidagi talabalar soni 1.4 mln nafardan ortdi! AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi: ◾️Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish maqsadida mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi. 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dasturlari tasdiqlandi. 🔠Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi. 🔠Xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi. 🔠Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasbga o‘qitildi. 🔠418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi. 🔠Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi. 🔠Oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi. ✅@talimuz