TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #655

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia49,800Liczba wyświetleń posta
Opublikowano25 gru25.12.2024, 09:19
Treść

Treść posta

Toshkentdagi OTMlaridan birining mansabdorlari 740 mln so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tuya qilganligi aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, agentlikka kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganilgan. O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. "Soqqa bazm" yo'q edimi bizda? ✅@talimuz